by mhnds

Meta'da bo'lib o'tgan intervyu. Oxirgi zarba

27-Fevral, 2022

1248 views
Meta'da bo'lib o'tgan intervyu. Oxirgi zarba

180 gradusga burilish

Recruiterga feedback haqida yozgan edim. Qayta javob yozmadi. Keyin, mana bu xatni yubordi:

image.png

Qisqacha ma’nosi:

Keyingi intervyuga o’tding! Endi, seni yangi recruiterning qo’liga topshiraman. Omad!

Recruiter o’zgaribdi. Hayron qoldim. OAV’da Yevropa Ittifoqi va Meta o’rtasidagi keskinlik kuchayotgani haqida yomon xabarlar tarqala boshladi. Undan tashqari, “хитрийлик” yo’llari orqali, internshipga joy to’lib borayotgani haqida eshitib qoldim. O’zi fevral oyi juda kech edi. Xattoki noyabr-dekabr oylari ham kech hisoblanadi. Onsite intervyuning sanasi 18-fevralga belgilangandi. Recruiterga intervyu sanasini o’zgartirish haqida yozdim. Recruiter opamiz esa “потеря” ni bervordilar.

Hal qiluvchi jang

hal-qiluvchi.png

Bugun 18-fevral, diyorimizda soat 22:54. Hozirgina Meta’ga 3-intervyuni topshirib bo’ldim. Bu galgi intervyuchi oldin The Guardin gazetasida Senior dasturchi va hozirda Meta’da UI Engineer sifatida faoliyat yuritayotgan Italiyalik maxluq bo’lib chiqdi. Intervyuchi 2’ta savol bilan “от души” ezishga harakat qildi. Birinchi masala yana algoritmik bo’ldi. Masalaga yechim yozganimdan so’ng, 1-2’ta clarification uchun follow-up’lar yog’dirdi.

Ikkinchi masala

Ikkinchi masalamiz animation’ga doir bo’ldi. Do’ppimni osmonga otsam ham bo’ladi. Oldinlari CSS’da har xil animationlar qilardim. Masalani aytishi bilan yechimi hayolimga keldi. Masala oddiyligi bilindi. Bilindiyu keyin oddiylik yo’qolib ketdi. Do’ppimni cho’ntagimga solib qo’ysam ham bo’ladi endi. CSS xususiyatlaridan foydalanmasdan, JavaScript’ning DOM API’laridan foydalanishim kerak ekan 🤯

JS’da **DOM API’**lardan foydalangan holda animation qilib qo’lim o’rganmagan edi. Lekin JavaScript.info’da shunga doir maqola o’qiganim esimda. API’ni nomini aytdim. To’g’riligini tasdiqladi. Odatda API’lar bilan ishlash uchun dokumentatsiyadan foydalanishimni aytdim. Lekin, menimcha unga buning umuman qizig’i yo’q edi. MDN dokumentatsiyasi’dan ikki minut foydalanishimga ruxsat bersa bo’ldi, olam guliston 🥲. Sintaksisni eslab bir amallab yozdim. Xato bo’lishi mumkun deb qo’shimcha ham qilib qo’ydim. Recursion’ga o’xshashi yodimda edi. Undan so’ng, masalaga bitta feature qo’shdi, ozgina hint bergandan so’ng uni ham yozib berdim. Orada yo’l yo’lakay 1-2’ta teoriyaga doir savollar so’radi.

Har doimgidek oxirgi 5 minut davomida o’zimni qiziqtirgan savollarni berdim:

  • “AI frontendni o’rnini egallashi mumkinmi?” so’radim men
  • “Frontend u yerda tursin, project manager, product managerlarni ham o’rnini egallaydi, va biz sekin bir chekkaga chiqsak ham bo’ladi” desa bormi nafasi sovuq 😅

Intervyu tugadi. codesandbox’da masalalarni yozib tekshirib ko’rdim. API’ning sintaksisi xato ketibdi. Lekin umumiy g’oya to’g’ri ekan.

Intervyuchi oxirida “See you soon” dedi. Buni qandaydur yaxshilik belgisi sifatida qabul qildim. Endi recruiterdan javob xatini kutish qolgandi. Intervyudan o’zimning ham ko’nglim to’q edi, o’tkanligimga ishonayotgan edim. Offer kelishini kutayotgandim holos. Deyarli 1 hafta kutdim. Recruiter o’sha-o’sha “потеря” statusini saqlab qolgandi. Oxiri o’zim yozdim recruiterga.

Kinolar ham ba’zida yomon tugab turadi 😅

Biroz o’tib javob yuboribdi. Telefonimga qarasam “Thank you” bilan boshlanyapti. Demak, ochib o’tirishning hojati ham yo’q. Rejectligi aniq. Lekin baribir ochdim:

image.png

Bo’lib o’tgan voqealarni barchasini o’zim uchun atalgan yaxshilik sifatida qabul qilaman. Ushbu voqealarning birontasi ham behudaga bo’lmaganiga aminman. Aynan interview kuni butun Toshkentda svet o’chishi, probkada qolib ketishlar, Meta bilan EU’ning muammolari, recruiterning o’zgarishi, va reject kelishi (yana davom ettirsa bo’ladi), bularni tasodif sifatida qabul qilish xato bo’lsa kerak. Qandaydur hikmati borligiga ishonchim komil. Allohdan keladigan har qanday ishga rozi bo’lish bandaning adabi.

So’ngi so’z…

Har yili rus va qozoq millatlariga mansub yigit qizlar bir necha yuzlab offerlarni ilib ketishadi. Bunga qarshiligim yo’q, lekin o’zingning hamyurtlaring Rossiyaga qora mehnatga ketsa alam qilar ekan. Nima uchun ota bobolari ilm bilan dunyolarni zabt etgan bu millatning farzandlari o’zga yurtlarda xor bo’lishi kerak?

Mana shu yili FAANG’ni crack qilmoqchi bo’lgan o’zbek yigit qizlariga tajribadan kelib chiqib tavsiyalar berib o’tsam foydadan holi bo’lmaydi deb umid qilaman:

  1. FAANG kabi kompaniyalarga internship uchun intervyu mavsumi Avgust-Sentyabr oylarida boshlanadi. Sizdan talab qilinadigan narsa 2’ta. Ozgina himmat va universitetda o’qish. Bo’ldi. Hozirdan harakatni boshlang. Agar SWE internship’ga topshirmoqchi bo’lsangiz leetcode.com, binarysearch.com’larda “yotvolib” masala yeching
  2. Agar Meta’ga Frontend internshipga topshirish niyatingiz bo’lsa, bfe.dev va glassdoordagi savollarni ko’rib chiqishni maslahat beraman. Fikrlashni charxlash uchun hamon Leetcode’da masala yechib turishingiz kerak
  3. Oddiy bir qoida: Agar ichchi vizanigz bo’lmasa Amerika hududlariga umuman topshirmang. Visa’ni bahona qilib tekis “chopishadi” 🔪
  4. Iloji boricha referral bilan topshirishga harakat qiling. O’zingiz topshirmoqchi bo’lgan kompaniyada ishlaydigan hamyurtlarimizdan referral so’rasangiz yo’q deyishmaydi. Yo’q degan taqdirda ham, izlanishdan to’xtamang, boshqalardan so’rab ko’ring. Misol uchun meni refer qilgan yigit o’zbek emas, va biz bir birimiz bilan hech qachon ko’rishmaganmiz. Men so’radim, u hop dedi. Vassalom 😜

Bu sarguzashtlarni chop etmoqchi emas edim. Qayerdadur xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsam, qayerdadur haddimdan oshgan bo’lsam Alloh kechirsin, siz esa ketkazgan vaqtingizga rozisiz degan umiddaman. Mana shu maqolalarim sababli bironta insonga oz bo’lsada yaxshi ta’sir ko’rsata olsam boshim osmonga yetadi. Olg’a O’zbegim 🔥🔥🔥