by chlngr

Meta'da bo'lib o'tgan intervyu. Qasoskorning oltin boshi

26-Fevral, 2022

963 views
Meta'da bo'lib o'tgan intervyu. Qasoskorning oltin boshi

“Вот тебе шанс, лови!”

…Rejection kutayotgandim. Ertasiga xat keldi:

image.png

Screening intervyusining tanishtiruv qismida, kun davomida boshimdan o’tkan sarguzashtlardan bir parcha aytib bergan edim. Intervyuchi “Agar shunday muammolar bo’lsa bemalol recruiter bilan suhbatlashib boshqa kunga ko’chirishing mumkun” degan edi. Holatni tushuntirib o’sha kuni recruiter’ga allaqachon SMS ham jo’natib yuborgandim lekin aloqa pastligi sababli umuman ketmadi. Intervyu boshlanib bo’lgandi. Ortga yo’l yo’q edi. Xullas, intervyuning ertasiga kelgan xatning qisqacha ma’nosi quyidagicha:

Birinchi intervyuda seni ko’nikmalaringni aniqlay olmadik. Shu sababli seni yana bir bor “follow-up” intervyuga taklif qilamiz. Intervyuning formati avvaligisi bilan bir xil bo’ladi.

Qasos olish vaqti keldi

hulk-roar Odatda internshipga topshirayotganlar 2’ta intervyudan o’tishlari talab qilinadi. Intervyuning qiyinlik darajasi full-time ishga topshirayotganlarniki bilan bir xil bo’ladi. O’sha kunlari full-time ishga topshirgan bir Polshalik bola bilan tanishib qolgandim. Intervyuga qadar u bilan 2’ta mock intervyu tashkillashtirdik. Ha aytgancha, gapdan gap chiqib mock interview’ga to’xtalib o’tsam. Birinchi intervyuga qadar tahminan 15’ga yaqin mock intervyu o’tkazganimga qaramasdan hayajonlanib qoldim. Balki o’sha kungi voqealar sabab hayajon kuchli bo’lgandur. Bu galgi intervyuda umuman hayajonlanmadim. Chunki bu galgi intervyuga “qasos” olish uchun kelgandim 😆

Agar kandidatni baholaydigan komitet aniq bir to’xtamga kela olmasa, yana bir bor imkon berishadi. Menga ana shunday imkoniyat berishgandi. Intervyu kelasi hafta 1-fevral, Toshkent vaqti bilan 22:15’ga belgilandi. Bu mening oxirgi imkoniyatim bo’lishi mumkun edi. Qo’limdan kelganicha qattiq tayyorlandim. Intervyuchi Kaliforniyalik muhandis. Muomalasiga gap bo’lishi mumkun emas. O’zimni juda yengil his qildim. Bir necha yildan beri bir birimizni taniydigandek suhbatlashdik. Birinchi bergan savoli algoritm va data strukturalar (DOM tree)‘ga doir bo’ldi. Ikki xil yechim yozdim. Ikkinchi savoli esa lodash kutubxonasidagi yordamchi funksiyalardan birini yozib berish bo’ldi. Unga ham yechim yozib berdim. Yana chamasi 10 minut vaqt ortib qoldi. Bu vaqt davomida intervyuchi bilan “ettan-bettan” suhbatlashib o’tirdik. Oxirgi 5 minutlik savol javob qismida intervyuchiga savol berdim: “Mark Zuckerberg bilan qo’l berib ko’rishganmisiz?”. Kulib yubordi (Balki qo’rqib ham ketgandur 😆). “U bilan ko’rishishni umid ham qilmasam bo’ladi” dedi. Intervyuni chiroyli holda yakunladik. Hammasi go’zal. Bu safar oqim bilan birga suzdik.

180 gradusga burilish

Ikki-uch kun vaqt ketsa kerak deb o’ylayotgandim. Lekin ertasigayoq xat yuborishdi:

image.png

O’zbekchasiga:

Tabriklaymiz, keingi bosqichga o’tding!

Xatdan bir parchani keltirib o’tdim. Nima sababdan 180 gradusga burilish bo’lgani qiziqmi? Unda 3-qismni o’qing 😉