by hckr

Oqimga qarshi suzish yohud Meta degan "startup" da bo'lib o'tgan intervyu

25-Fevral, 2022

1416 views
Oqimga qarshi suzish yohud Meta degan "startup" da bo'lib o'tgan intervyu

Technical screening’gacha bo’lgan mash-mashalar

Sentyabrda Facebook kompaniyasiga referral tizimi orqali internship uchun topshirib ko’rgan edim. 3 oy davomida recruiter’lardan hech qanday ijobiy javob kelmadi.

Dekabr boshlarida meni tavsiya qilgan dastruchiga aloqaga chiqdim. “Istasang yana bir martta harakat qilib ko’ramiz” dedi. Qaytadan topshirdik. 1 haftalardan so’ng recruiter aloqaga chiqdi:

image.png

Menga yuborgan xatida 10’ga yaqin general savollar to’plami bor edi. Savollar asosan o’zim haqimda, qachon universitetni bitirishim, JavaScript’ni qay darajada bilishim, va shu kabi boshqa savollar edi. Javoblarni yubordim. Ertasiga birdaniga notanish raqamdan qo’ng’iroq bo’ldi. Qo’ng’iroq qiluvchining manziliga qarasam “United Kingdom” deb yozilgan. Juda hayron bo’ldim. Go’shakni ko’targanimdan so’ng o’zini tanishtirdi va 10 minut vaqt ajratishim kerakligini so’radi. Bu recruiter bilan bo’ladigan phone call edi. Menga core js’dan birin ketin savollar bera boshladi. Umuman tayyor emas edim. Xudoga shukur, xotiram pand bermadi. Bergan savollariga javob bera oldim, oxirgi Binary tree’ga doir bo’lgan savoli bir muncha o’ylantirib qo’ydi.

Voqealar tezlashib ketdi. Ertasigayoq javob xati keldi:

image.png

Yuborgan xatiga, Technical screening’ga tayyorlanishim uchun o’nlab qo’shimcha foydali linklarni biriktiribdi. Intervyular haqida asosiy ma’lumotlarni https://www.facebookrecruiting.com saytidan topish mumkun. Qanday tayyorlanish kerak, nima qilish kerak barchasini yoritib bergan bolapaqirlar. Lekin frontend intervyu jarayoni hali hanuz mavhumdek tuyulayotgandi men uchun. Algoritmik masalalar yechish kerakmi yoki frontend’ga doir masalalar yechish kerakmi, ikkilanib qoldim. Recruiter yuborgan xatida aniq-tiniq javob yo’q. Intervyuga 2 hafta qoldi. Va nihoyat recruiter bilan holatni aniqlashtirish uchun xabar yo’lladim. Javob xati tahminan quyidagicha:

Intervyu sizning JavaScript bo’yicha tajribangiz, DOM bo’yicha bilimlaringizni tekshirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Garchi fundamental Algoritm va Data Strukturalarni bilishingiz talab qilinsada, JavaScript bilimlaringizni oshirishni qattiq tavsiya qilamiz.

O’sha kun keldi. Svet qidirib

2022-yil, 25-yanvar, soat chamasi 16:00. Demak, 4.5’soatdan so’ng interview boshlanishi kerak. Shaharda esa hamon svet va suv yo’q. Mishmishlarga qaraganda “Risovy” bozor taraflarga svet kelgan ekan. O’sha bozor yaqinidagi Islom ota masjidiga bordim. Svet yo’q. Shomga hali bir muncha vaqt bor ekan.

Soat 18:00’dan oshdi. “Balki ofisda svet bordur” degan ilinjda EPAM’ning oybekdagi ofisga qarab ketmoqdaman. Baraka topgur, o’sha kunning qahramonlari bo’lgan “GAI” xodimlari nazoratni qo’lga olishgan.

Ofis binosiga yetib keldim. Chiroqlar o’chiq. Qorovul ham binoda hech kim yo’qligini ta’kidlab ortimga qaytishim kerakligini aytdi. Aksiga urib telefonimning ham quvvati tugagan. Har bir daqiqa g’animat. Internet va svet bor bo’lgan joyni tezroq topish kerak.

Svet va internet topildi, ammo…

Hayolimga Kitoblar Olamidagi co-working zonasiga borish keldi. O’sha yerga qarab yo’lga chiqdim. Taksi chaqirishga esa telefonning quvvati yo’q. Ko’chani tuman qoplagan, ustiga ustak ko’zlarim ko’zoynak bilan ham ko’chalarni yaxshi ilg’ay olmayapti. Xullas, qisqa qilib aytganda, Toshkentning qoq markazida adashib qoldim. Yandex maps’ga o’rganib qolgan ekanman. Hayolimga “Alkimyogar” dagi cho’pon yigit keldi. Coworking zonasiga borib telefonimni yoqganimdan so’ng uyga svet kelganini aytishdi, endi juda kech, chunki allaqachon joy olindi. Coworking zonasi juda yoqdi. Soat 22:00’gacha o’tirshim mumkunligini aytishdi. Tinch, internet ham anchagina tez ekan. Ammo “juda muhum” ish bilan uyga borib kelishim kerak bo’lib qoldi. Hali interview’ga yana 1 soat bor. Kettik uyga…

”Probka”

image.png

Narsalarimni coworking zonada qoldirib, uyga qarab yo’lga chiqdim (Bu safar taksida 😎) Ko’chalardagi tuman ancha quyuqlashib ketibdi.

Soat 20:00’dan oshdi. Tezroq ortga qaytish kerak. Endi esa taksi yo’q. Yandexdan ham, mytaxi’dan ham taksi chaqiryapman, chunki eng tezi kerak. Mytaxi haydovchisi yaqinroq ekan, yandexni “отмен” qildim. Ana, xarita ham eng kerakli vaziyatda pand berdi (To’g’rirog’i internet pand berdi, internet juda yomon ishlayotgan edi o’sha kuni). Xaritaga ko’ra boshqa yo’nalishga qarab ketdik. Lekin, shoshilayotganimni, vaziyatni tushungan haydovchi tez elitib qo’yishga harakat qildilar. Oqim esa bizga qarshi harakatlanmoqda. Yo’lni yopishibdi. Probkada qoldik.

20:28

Coworking zonaga kirib kelarkanman, administratsiyadagi qiz “Uzur, bugun krizis bo’layotgani sababli coworking zonani soat 21:00’da yopishimiz kerak ekan” deb qolsalar bormi. Rus tilida yaxshi gapira olmasam ham, negadur o’sha kuni yaxshi gaplashayotgandim. Intervyu’ga 2 minut qolganini ishora qilib soatni ko’rsatdim. Opamiz mendan ham qattiq hayajonlanib ketganlari yuzlaridan ko’rinib turardi. Tezroq borishmni so’radilar. Men ham yugurib ketdim.

Interviewer qani?

Soat 20:31 - men tayyor. To’g’riroq aytganda, faqat jihozlarim tayyor, hayollarim esa bilmayman qayerlarda yuribdi. Interviewchi opamiz 1-2 minut kech keldilar. Yana 1-2 minut hol ahvoldan so’ng, haqiqiy “jangga” kirishib kettik. U birinchi “o’q” ni otdi. Barcha edge case’lar bilan, to’liq tushuntirib berdim. Ikkinchi o’q ham uzildi, lekin oqim bizga qarshi emasmikan?

Marhamat qilib coworkingni bo’shatib qo’ysangiz!

image.png

Ikkinchi masalani yechar ekanman, birdaniga barcha svetlarni o’chirishdi. Ikkinchi savol biroz “tricky” edi, ustiga ustak svetlar o’chirildi, shu vaqtda hayollarim chochilib ketdi. Qarshimdagi opa, “Hechqisi yo’q, davom etaver, men seni ko’ryabman” deb qo’llab-quvvatlayotgan bir vaqtda, administrator opamiz tepamga kelib olib termulib turibdilar. Umuman fokusni yo’qotib qo’ydim. Avvaliga ahamiyat bermaslikka harakat qildim, lekin bo’lmadi, majbur bo’lib interview jarayonida 10 minutga ruxsat oldim. Lekin “chochilgan” hayollar qayta yig’ilmadi. Bir necha martta urinish berdim. O’xshamadi. Intervyuchi “yaqin kelyabsan” dedi, lekin nimanidur o’tkazib yuborayotgandim. Interviewer hintlar beryapti, lekin miyamga hech narsa kirmayapti, go’yoki quloqlarim o’zlarini berkitib qo’yganday, ishoralarni umuman qabul qila olmayabman…

Tugadi!

Intervyuver qog’ozga o’rab, go’yoki “eplolmading, tugadi!” deyayotganday edi. Odatda oxirgi 5 minutda kandidat kompaniya haqida o’zi qiziqtirgan savollarni so’rashi kerak. Mana shu qisimga o’tdik. Opa, qanday qilib New York’dan Londonga kelib qolganlari, kompaniya, u yerdagi imkoniyatlar haqida hikoya qilib berdilar. Bir birimizga omad tilib, intervyuni tugatdik.

“Bitta oddiy masalani yecha olmasdan, imkoniyatni qo’ldan boy berding Umar afandi” degan fikr hayolimni chulg’ab olgandi. Ko’chada yarim soatlar atrofida “sang’ib” yurganimdan so’ng, bazo’r bir taksi to’xtadi. Uyga ham yetib keldim. Qattiq charchabman. Bir necha oylik harakatni 45 minut ichida “sovurib” yuborgandek edim go’yo.

Rejection kutayotgandim. Ertasiga xat keldi… Davomi 2-qism’da